Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.